24 Aprel 2024 184

Yosh yengil atletikachilarimiz Dubaydagi Osiyo chempionatida ishtiroklarini boshlashmoqda

Bugun BAAning Dubay shahrida yengil atletika boʻyicha U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boshlanadi. 27-aprelga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi.

Musobaqada yurtimiz sharafini 23 nafar atlet himoya qiladi. Ular orasida Xushnoza Shavkatova, Barnoxon Sayfullayeva kabi oʻz yoʻnalishlarida gʻoliblikka asosiy daʼvogar sportchilarni uchratish mumkin. Eslatib oʻtamiz, yoshlarimizning aksariyati mazkur startga milliy terma jamoa vakillari bilan Turkiyaning Belek shahrida tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻini orqali tayyorgarlik koʻrgan.

Text to speech