23 Aprel 2024 136

Oʻzbek kurashchi qizi tarixga kirdi

Qirgʻizistonda oʻtgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo litsenzion turniri oʻzbek sporti uchun tarixiy natija bilan yodda qoldi. Oʻzbekiston delegatsiyasi ilk bor ayollar kurashi dasturida Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan boʻldi. Shubhasiz, Aktenge Keunimjayevaning koʻrsatgan natijasi mamlakatimizda xotin-qizlar sportining rivoji yangi bosqichga chiqayotganidan yana bir dalolat.

Shuningdek, musobaqa davomida erkin kurashchilarimiz Gʻulomjon Abdullayev va Bekzod Abdurahmonov, yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalovning ham ishtirokini alohida eʼtirof etish oʻrinli. Terma jamoamizning qolgan aʼzolariga 9-12-may kunlari Istanbulda oʻtadigan yakuniy litsenzion turnirda omad tilab qolamiz.

Text to speech