23 Aprel 2024 123

Bugun aralash jamoaviy yoʻnalishdagi bahslarga guvoh boʻlamiz

Bugun Gonkongda dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati yakuniga yetadi. Musobaqaning soʻnggi kunida aralash jamoaviy yoʻnalishda medallar oʻynaladi.

Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz yurishini Turkmanistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. Hamyurtlarimiz gʻalaba qozongan taqdirda final yoʻllanmasi uchun Moʻgʻuliston va Xitoy Taipeyi juftligi gʻolibiga qarshi bellashishadi.

Text to speech