22 Aprel 2024 200

Osiyo chempionatining yakkalik bahslari o‘z yakuniga yetdi

Gonkongda dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatining yakkalik bahslari oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, hami 6 ta medal jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Ertaga musobaqa doirasida aralash jamoaviy yoʻnalishdagi bahslar oʻtkaziladi. Musobaqa gʻolib va sovrindorlarini eslab oʻtamiz:

 Oltin medal:
-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev

 Kumush medal:
-73 kg: Murodjon Yoʻldoshev

 Bronza medal:
-60 kg: Doston Roʻziyev
-66 kg: Sardor Nurillayev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Shohista Nazarova

Text to speech