22 Aprel 2024 240

Muzaffarbek Toʻraboyev hamon qitʼamizda tengsiz

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkongda oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalini qoʻlga kiritdi. -100 kg vazn toifasida kurash olib borgan Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempioni Muzaffarbek Toʻraboyev barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medal sohibiga aylandi. Yurtdoshimiz finalda BAA vakili Jafar Kostoyevdan ustun keldi.

Text to speech