22 Aprel 2024 208

Yosh qilichbozlarimiz jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini koʻrsatishdi

12-21-aprel kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 4 ta medalga sazovor boʻldi.

Qayd etish joiz, bu yangi davrni boshlagan oʻzbek qilichbozlarining jahon chempionatlarida qayd etgan eng yaxshi natijasi boʻldi. Endi asosi yoshlar jamoasidan iborat sportchilarimiz 27-28-aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida oʻtadigan Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etishadi. Jahon chempionati qahramonlarini eslab oʻtamiz:

 Oltin medal:
Sardor Abdukarimbekov (sablya, oʻsmilar)

 Kumush medal:
Alpamis Urakbayev (sablya, oʻsmirlar)

 Bronza medal:
Fernanda Errera (sablya, yoshlar)
Nargiza Jaksibayeva (sablya, oʻsmirlar)

Text to speech