22 Aprel 2024 167

Bizda 36-litsenziya. Rasuljon Abdurahimov Parij-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi!

Haftani yana bir ajoyib yangilik bilan qarshi olamiz. Xalqaro gimnastika federatsiyasi sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichlarining yakuniga koʻra Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan atletlar nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov parallel brus yoʻnalishidagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Text to speech