21 Aprel 2024 198

Rustam Assakalov uchinchi bor Olimpiya oʻyinlari qatnashchisiga aylandi

Bugungi sana oʻzbek sporti uchun ancha sermahsul oʻtmoqda. Delegatsiyamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga qoʻlga kiritgan litsenziyalari yana bittaga koʻpaydi.

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Rustam Assakalov (-97 kg) Parij-2024 olimpiyachilari safidan joy olmoqda. Bu yil 40 yoshni qarshi oladigan polvonimiz Qirgʻizistonda oʻtayotgan litsenzion turnirga ajoyib sport formasida yetib kelganini koʻrsatdi. Saralashda yaponiyalik Yuri Nakazatoni magʻlub etgan Assakalov hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Uzur Juzupbekovdan ustun keldi.

Text to speech