21 Aprel 2024 167

Shohista Nazarova bronza medaliga sazovor boʻldi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohista Nazarova faoliyatida ikkinchi bor Osiyo chempionatlarida shohsupaga koʻtarilmoqda. -70 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bahsda janubiy koreyalik Xeonji Yuni magʻlubiyatga uchratib, uchinchi oʻrinni egalladi. Nazarova 2022-yil oʻtkazilgan qitʼa birinchiligida ham shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olgan edi.

Text to speech