21 Aprel 2024 103

Anna Prakaten oʻz nomini Parij-2024 litsenziatlari orasida qoʻshib qoʻydi

Janubiy Koreyaga yuzlanamiz. Chxundju shahrida oʻtayotgan akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo litsenzion turnirida Olimpiada yo’llanmalari o’z egalarini topmoqda. Ayollar o’rtasida kechgan yakkalik dasturda Anna Prakaten Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun 33-yoʻllanmani taqdim qildi. Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari chempioniga boʻlajak Olimpiadada ham muvaffaqiyatli ishtirok etishini tilab qolamiz.

Text to speech