21 Aprel 2024 426

Shohruh Davlatov va Yekaterina Tunguskova “BYD Song Pro” sohibiga aylanishdi

45 mamlakatdan tashrif buyurgan havaskor va professional sportchilarni oʻzida jamlagan BYD Toshkent VI xalqaro marafoni oʻz gʻoliblarini aniqladi. 6000 nafarga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy sport tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Tantanali ochilish marosimida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, mamlakat yengil atletika va triatlon federatsiyalari va musobaqa tashkiliy qoʻmitasi rahbariyati, shuningdek, BYD LLC kompaniyasining yurtimizdagi vakili Ivan Kao ishtirok etdi. Soʻz olgan rasmiylar Toshkent xalqaro marafoni yildan yilga oʻz nufuzini mustahkamlab borayotgani, hamyurtlarimiz orasida ommaviy sportni targʻib qilishda muhim tadbirga aylangani haqida toʻxtalishdi.

Shundan soʻng poygalarga start berildi. Ishtirokchilar 3, 10 km, yarim marafon va marafon masofalariga yugurish boʻyicha bellashishdi. Yakunda hamyurtlarimiz orasida yarim marafon va marafon boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan Shohruh Davlatov va Yekaterina Tunguskova bosh sovrin – “BYD Song Pro” avtomobilini qoʻlga kiritishdi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:

3 km, erkaklar:
1. Eldor Botirov (Oʻzbekiston) - 08:05
2. Viktor Tsurenko (Oʻzbekiston) - 08:21
3. Diyorbek Akhmedov (Oʻzbekiston) - 08:24

Aöllar:
1. Marjona Okkuzieva (Oʻzbekiston) - 09:16
2. Hayotkhon Abdumannopova (Oʻzbekiston) - 09:36
3. Mohizarbegim Avazjonova (Oʻzbekiston) – 10:44

10 km, erkaklar:
1. Gasan Mirsoatov (Oʻzbekiston) - 33-32
2. Oleksandr Salakhuddinov (Oʻzbekiston) - 33-36
3. Rahimjan Kelmanov (Oʻzbekiston) – 33:49

Aöllar:
1. Azizaxon Mirzakbarova (Oʻzbekiston) – 38:49
2. Daria Antropova (Oʻzbekiston) - 35:50
3. Anastasiya Silchenkova (Oʻzbekiston) - 39:46

Yarim marafon, erksiz:
1. Rinat Axmadeev (Rossiya) - 1:03:22
2. Shohrux Davlatov (Oʻzbekiston) - 1:04:22
3. Evgeniy Fadeev (Oʻzbekiston) - 1:06:47

Aöllar:
1. Mariya Korobitskaya (Kozogʻiston) - 1:12:53
2. Aynuska Kalil kizi (Qirgʻiziston) – 1:15:22
3. Mohinabonu Komilova (Oʻzbekiston) – 1:23:04

Marafon, erkaklar:
1. Vladislav Primov (Belarus) - 2:18:39
2. Baxtiyor Utkirov (Oʻzbekiston) - 2:23:30
3. Iliya Tyapkin (Qirgʻiziston) – 2:24:53

Aöllar:
1. Ekaterina Tunguskova (Oʻzbekiston) - 2:40:58
2. Shohsanam Xurramova (Oʻzbekiston) – 2.44:30
3. Elena Tolstikh (Rossiya) - 2:49:30

Text to speech