20 Aprel 2024 102

Doston Roʻziyev Osiyo chempionatida sovrindor boʻldi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Gonkongda oʻtayotgan Osiyo chempionatida dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. -60 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Doston Roʻziyev bronza medaliga ega chiqdi. Ahamiyatlisi, Roʻziyev uchinchi oʻrin uchun kechgan kurashda boshqa bir hamyurtimiz Dilshod Baratovni ippon bahosi bilan magʻlub etdi.

Text to speech