20 Aprel 2024 171

Kurashchi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishga harakat qilishadi

Qirgʻizistonda sport kurashlari boʻyicha Osiyo mintaqasi uchun oʻtayotgan litsenzion turnir davom etmoqda. Bugun ayollar kurashi boʻyicha bellashuvlar oʻtkaziladi. Unda ishtirok etadigan qizlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-50 kg: Aktenge Keunimjayeva – Son Xyang Kim (KXDR)
-53 kg: Shohida Ahmedova – Aijan Sabirbek qizi (Qirgʻiziston)
-57 kg: Laylo Sobirova – Yungjin Kvon (Janubiy Koreya)
-62 kg: Gulmira Aytmuratova – Orxon Purevdorj (Moʻgʻuliston)
-68 kg: Nabira Esenbayeva aylana tizimida Oxyung Xa (Janubiy Koreya), Feng Chjou (Xitoy) bilan
-72 kg: Svetlana Oqnazarova aylana tizimida Jamila Bakbergenova (Qozogʻiston), Xui Chang (Xitoy Taipeyi) bilan

Text to speech