20 Aprel 2024 192

Baydarka va kanoechilarimiz kunni muvaffaqiyatli o‘tkazishdi

Baydarka va kanoechilarimiz Yaponiya mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatining bugungi kunini muvaffaqiyatli yakunlashdi. Boisi atletlarimiz Parij-2024 Olimpiadasiga yo’llanma qatori musobaqadagi dastlabki oltin medalga sazovor bo’lishdi.

Baydarkachilarimiz Shahrizoda Mavlonova hamda Ozodjon Amriddinov juftligi mikst dasturida 500 metrga kechgan poygada marra chizig’ini birinchi bo’lib kesib o’tishdi. Shuningdek, ayni shu yo’nalishdagi kanoechilar bahsida Xonzoda Erkinova hamda Vladlen Denisov tandemi kumush medal sohibiga aylandi. Eslatib o’tamiz, kunning dastlabki poygalaridan birida Yekaterina Shubina yakkalik yo’nalishida kumush medal va Olimpiada litsenziyasini qo’lga kiritgan edi. Batafsil:

 Oltin medal:
K2 (baydarka) mikst 500 metr: Shahrizoda Mavlonova / Ozodjon Amriddinov

 Kumush medal:
K1 500 metr: Yekaterina Shubina
C2 (kanoe) mikst 500 metr: Xonzoda Erkinova / Vladlen Denisov

Text to speech