20 Aprel 2024 189

Yaponiyadan ajoyib yangilik: Yekaterina Shubina – Parij-2024 litsenziati!

Tongni xushxabar bilan qarshi olamiz. Baydarkada eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Yekaterina Shubina Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega chiqdi. Hamyurtimiz Yaponiyada oʻtayotgan litsenzion Osiyo chempionatida 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida kumush medal bilan birga Olimpiada yoʻllanmasini ham naqd qildi. Shu bilan Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 Olimpiadasi uchun qoʻlga kiritgan litsenziyalari soni 29 taga yetdi.

Text to speech