19 Aprel 2024 98

Nurjan Tuyakbayev Jahon kubogining final bosqichida munosib qatnashdi

Saudiya Arabistonida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha FEI Jumping World Cup™ Riyadh 2024 turniri boʻlib oʻtmoqda. Olimpiada va jahon chempionlari ishtirok etayotgan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli 35 nafar mohir chavandozi oʻz tulporlari bilan qatnashyapti.

Ahamiyatlisi, ular qatorida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Nurjan Tuyakbayev ham bor. 160 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash boʻyicha oʻtayotgan bahslarning ishtirokchilari orasida Markus Ening (Germaniya) va Xenrik fon Ekkermann (Shvetsiya) kabi Olimpiya oʻyinlarining chempionlarini uchratish mumkin. Shunday ekan, bunday turnirda startga chiqish har qanday chavandozning orzusi hisoblanadi. Unda hamyurtimiz Nurjan Tuyakbayev “Quintus HB" laqabli tulpori bilan munosib ishtirok etdi.

Text to speech