19 Aprel 2024 163

Bekzod Abdurahmonov ham oʻz nomini Olimpiada qatnashchilari orasiga qoʻshib qoʻydi

Erkin kurash boʻyicha Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov yana bir Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz Qirgʻizistonda oʻtayotgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 Olimpiadasining qatnashchilari orasidan joy oldi. Bu bilan Abdurahmonov faoliyatida uchinchi bor 4-yillikning eng nufuzli musobaqasiga yoʻllanma olmoqda.

Text to speech