19 Aprel 2024 133

Akademik eshkak eshuvchilarimiz litsenzion turnirni muvaffaqiyatli boshlashdi

Janubiy Koreyaning Chxundju shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo mintaqasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnir boshlandi. Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasining barcha aʼzolari dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli oʻtishdi.

Anna Prakaten va Shahboz Xolmurzayev yakkalik dasturida yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Juftlik bahslarida Luiza Islamova / Malika Tagmatova, shuningdek, Shahzod Nurmatov / Sobir Safaraliyev dueti toʻgʻridan toʻgʻri final yoʻllanmasiga ega chiqishdi. Eslatib oʻtamiz, barcha dasturlardagi final bahslari 21-aprel kuniga belgilangan.

Text to speech