18 Aprel 2024 192

Parij-2024 litsenziatlari: Ikkinchi Olimpiadasida ishtirok etadigan Javrail Shapiyev

Parij-2024 yoʻllanmalarini qoʻlga kiritgan sportchilarimizni tanishtirishda davom etamiz. Bugun Sizlarga erkin kurash boʻyicha -86 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan polvonimiz Javrail Shapiyev haqidagi maʼlumotlarni havola etamiz.

Javrail Nurmagomedovich Shapiyev 1997-yil 20-aprel kuni Dogʻistonda tugʻilgan. Erkin boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Javrail 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. J.Shapiyev terma jamoa bosh murabbiyi Olim Hikmatov qoʻl ostida shugʻullanadi. Kurashchimiz Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida bronza, kuni kecha Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida beshinchi natijani qayd etgan.

2023-yil Serbiyada oʻtgan jahon chempionatidagi ishtiroki orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Text to speech