18 Aprel 2024 245

Osiyo litsenzion musobaqasida qatnashadigan kurashchilarimiz bilan tanishing

Xabar berganimizdek, 19-21 aprel kunlari Qirg‘iziston poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo qitʼasi uchun Parij-2024 litsenzion turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari quyidagi vazn toifalarida Olimpiada yo‘llanmalari uchun bahs olib borishadi. Eslatib o‘tamiz, barcha yo‘nalishlarda o‘z vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan kurashchilar Parij-2024 ishtirokchilariga aylanishadi.

Erkin kurash:

-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev
-65 kg: Umidjon Jalolov
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-97 kg: Magomed Ibragimov
-125 kg: Hasanboy Rahimov

Ayollar kurashi:

-50 kg: Aktenge Keunimjayeva
-53 kg: Shohida Ahmedova
-57 kg: Laylo Sobirova
-62 kg: Gulmira Aytmuradova
-68 kg: Nabira Esenbayeva
-76 kg: Svetlana Oqnazarova

Yunon-rum kurashi:

-67 kg: Abror Atabayev
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Rustam Assakalova
-130 kg: Temurbek Nasimov

Text to speech