18 Aprel 2024 168

Chusovitina va Mirvaliyev finalda

Doxada sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogining toʻrtinchi bosqichi oʻtkazilayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Dastlabki kun doirasidagi saralash bahslarida ishtirok etgan Oksana Chusovitina oʻzining sevimli tayanib sakrash dasturida 13.049 ball bilan toʻrtinchi natijani qayd etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, Abdulaziz Mirvaliyev erkin mashq dasturida 13.800 ball jamgʻardi. Ushbu natija Mirvaliyevga ham finalda medallar uchun kurashish imkonini beradi. Bugun yurtdoshlarimiz yana quyidagi yoʻnalishlarda saralash bosqichida ishtirok etishadi:

Rasuljon Abdurahimov: parallel brus;
Oksana Chusovitina: erkin mashq, toʻsin.

Text to speech