16 Aprel 2024 222

Akademik eshkak eshuvchilarimizning Osiyo litsenzion turniri uchun tarkibi aniq

19-21-aprel kunlari Janubiy Koreyaning Chxundju shahrida akademik eshkak eshish bo’yicha Osiyo qit’asi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi turnir bo’lib o’tadi. Unda O’zbekiston terma jamoasi a’zolari ham Olimpiada yo’llanmalari uchun kurash olib boradi. Hamyurtlarimizning mazkur musobaqada qatnashadigan tarkibi bilan tanishing:

M1x: Shahboz Xolmurzayev
LM2x: Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev
W1x: Anna Prakaten
LW2x: Luiza Islomova va Malika Tagmatova

Text to speech