16 Aprel 2024 165

Bugun Osiyo chempionati yakunlanadi

Bugun Qirgʻizistonda sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetadi. Musobaqaning soʻnggi kunida yunon-rum kurashi bahslarida 5 nafar yurtdoshimiz gilamga chiqadi. Ular musobaqani ushbu raqiblariga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Ilhom Bahromov – Xyok Song (KXDR) / Abbos Albidxan (Iroq)
-67 kg: Shermuhammad Sharibjonov – Man Gvang Son (KXDR)
-72 kg: Abdullo Aliyev – Begmirat Nobatov (Turkmaniston)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Sultan Eid (Iordaniya) / Yevgeniy Polivadov (Qozogʻiston)
-97 kg: Abduqodir Jalilov – Badamdorj Baltmunx (Moʻgʻuliston)

Eslatib oʻtamiz, hozirgacha terma jamoamiz hisobiga erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza, “klassiklarimiz” esa 2 ta bronza medallarini taqdim qilishgan edi. Umid qilamizki, bugungi bahslardan keyin ushbu medallar salmogʻi yanada ortadi.

Text to speech