15 Aprel 2024 283

Bugun Qatarda futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi boshlanadi

Bugun Qatar yashil maydonlarida futbol boʻyicha U23 Osiyo kubogi start oladi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmalari oʻynaladigan mazkur musobaqada Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Taqvimga koʻra, hamyurtlarimiz dastlabki tur uchrashuvini 17-aprel kuni Malayziyaga qarshi oʻtkazadi. Bugun “A” guruhidan oʻrin olgan Qatar – Indoneziya hamda Avstraliya – Iordaniya bahslari boʻlib oʻtadi.

Text to speech