13 Aprel 2024
238
Kamonchilarimiz Antalyada navbatdagi yig’inni boshlashdi
Antalyadagi xalqaro musobaqadan keyin kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur shaharning o’zida navbatdagi yigʻinga kirishdi. Rejaga koʻra, mashgʻulotlar 30-aprelga qadar davom etadi.
Joriy yigʻinda 8 nafar mergan qatnashmoqda. Mazkur tayyorgarlik Ziyodaxon Abdusattorovaga Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari, terma jamoaning boshqa aʼzolari uchun iyun oyida ushbu shaharning oʻzida tashkil etiladigan jahon litsenzion turniriga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.