9 Aprel 2024 183

Konkur bo’yicha mamlakat chempionati o’tkazildi

Toshkentdagi “Universal Horses Stable” majmuasi ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha shaxsiy-jamoaviy yoʻnalishda Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qildi. 6-8-aprel kunlari oʻtgan musobaqada yurtimizning sara chavandozlari gʻoliblik yoʻlida oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.

Qiziqarli bahslarning birinchi kunida Aʼzam Tolibboyev “A” (130 sm toʻsiq balandligi), Alisher Erkinov “D” (120 sm), Yormuhammad Fozilxoʻjayev “В” (120-115 sm); ikkinchi kun Dilshod Shokirov “A” (140 sm), Xurshidjon Alimjonov “D” (130 sm), Yormuhammad Fozilxoʻjayev “В” (120-125 sm); yakuniy kunda esa Dilshod Shokirov “A” (150 sm), Alisher Erkinov “D” (140 sm), Ashrafxon Nigʻmatov “В” (125-130 sm) toifalarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Jamoaviy bahslarda Toshkent shahri vakillari eng koʻp ochko toʻplashga muvaffaq boʻldilar. Shuningdek, kuchli uchlikdan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining chavandozlari joy olishdi. Gʻolib va sovrindorlar tashkiliy qoʻmita tomonidan taqdirlandi.

Text to speech