8 Aprel 2024 204

Amirxon Sodiqov Turkiyadagi xalqaro turnirda sovrindor boʻldi

4-7-aprel kunlari Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish boʻyicha “Kahraman bagatir spring arrows tournament-2024” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Dunyoning sara merganlari ishtirok etgan turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi ham shohsupaga koʻtarildi.

Erkaklar oʻrtasida kechgan bahslarda hamyurtimiz Amirxon Sodiqov bronza medali sohibiga aylandi. Birinchi davradan erkin oʻtgan Sodiqov ikkinchi bosqichda Ukraina, soʻng Misr, Italiya, Niderlandiya vakillarini magʻlubiyatga uchratdi. Yarim finalda Italiya termasining boshqa bir sportchisi Federiko Musolesiga qoʻshimcha imkoniyatlarda magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, uchinchi oʻrin uchun bahsda fransiyalik Jan-Sharl Valladontdan ustun keldi.

Rejaga koʻra, terma jamoamiz 30-aprel sanasiga qadar ushbu shaharning oʻzida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etadi.

Text to speech