8 Aprel 2024 254

Futbolchilarimiz BAA yig‘inini boshlashdi

16-aprel kuni Qatarda start oluvchi Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi BAA yigʻiniga kirishdi. Dastlabki kun yigitlarga yengil jismoniy yuklamalar berilgan boʻlsa, kechadan maydondagi mashgʻulotlar boshlandi.

Qayd etish joiz, bosh murabbiy Timur Kapadze futbolchilarning texnik harakatlarini koʻzdan kechirib olgach, penaltilar boʻyicha ham alohida mashgʻulot oʻtkazdi. Eslatib oʻtamiz, BAA yigʻini doirasida jamoamiz 10-aprel kuni Xitoy U23 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi.

Text to speech