7 Aprel 2024 213

Velosportchilarimiz so’nggi litsenzion turnirda qatnashishadi

12-14-aprel kunlari Kanadaning Toronto shahrida velosportning trek yo’nalishi bo’yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo’lib o’tadi. Ahamiyatlisi, joriy musobaqadan keyin mazkur yo’nalishda Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolarini jamg’arish davri yakunlanadi.

Shu bois, ushbu mas’uliyatli turnirda O’zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan qatnashadi. Hamyurtlarimiz bir necha soat avval Torontoga yetib borishdi. Bosh murabbiy Gleb Groysman hal qiluvchi startga quyidagi sportchilarni jalb qilgan:

Olga Zabelinskaya
Margarita Misyurina
Nafosat Koziyeva
Sofiya Karimova

Text to speech