6 Aprel 2024 160

Bugun zamonaviy Olimpiya o‘yinlari boshlangan sana

Bugun zamonaviy Olimpiya oʻyinlari boshlanganiga roppa-rosa 128-yil boʻldi. 1896-yilning 6-aprel sanasida Gretsiyaning Afina shahrida birinchi yozgi Olimpiya oʻyinlari start olgan edi. Ushbu tarixiy voqelik sabab mazkur sana Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro sport kuni sifatida belgilangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barcha sport muxlislarini, Olimpizmning ezgu va pok gʻoyalarini mamlakatimizda targʻib qilayotgan faollarni, sogʻlom turmush tarzi tarafdorlarini bugungi sana bilan qutlaydi.

Text to speech