5 Aprel 2024 292

Qilichbozlarimiz katta tarkibda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishadi

12-21-aprel kunlari Saudiya Arabistonida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan qatnashadi.

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi maʼlum qilgan tarkibda Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Dilnaz Murzatayeva kabi Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarining gʻolib va sovrindorlarini uchratish mumkin. Qayd etish joiz, ushbu musobaqa yakuniga koʻra murabbiylar shtabi 27-28-aprel kunlari BAAda oʻtadigan Parij-2024 litsenzion turnirida ishtirok etadigan qilichbozlarimiz nomini maʼlum qiladi. Dunyo birinchiliga yoʻl oladigan tarkibga jami 28 nafar sportchi kiritilgan.

Text to speech