29 Mart 2024 264

Bugun Antalyada dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri boshlanadi

Bugun Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oladi. 93 mamlakatdan 628 nafar sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurashishi haqida ma’lum qilgan edik. Bugun hamyurtlarimiz yengil vazn toifasida kechadigan bellashuvlarda tatamiga chiqishadi. Ular musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydilar:

-60 kg: Doston Ro‘ziyev – Andrea Karlino (Italiya)
-60 kg: Dilshod Baratov – Kristos Pintis (Gretsiya)
-66 kg: Sardor Nurillayev – Boyan Yotov (Bolgariya) / Orlando Polsanso (Kuba)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Konrad Shoka (Neytral sportchi) / Lukas Saxa (Finlyandiya)
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva – Anjelika Delgado (AQSh) / Kseniya Danilovich (Neytral sportchi)
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Roza Gertyas (Vengriya)
-57 kg: Shukurjon Aminova – Aysenur Budak (Turkiya)

Text to speech