28 Mart 2024 228

Bugun Bokudagi xalqaro turnirda final janglari o‘tkaziladi

Bugun Ozarbayjonda boks bo‘yicha “Great silk way” turniri o‘z yakuniga yetadi. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar a’zosi 8 vazn toifasida hal qiluvchi bosqichga yetib keldi. Ya’ni kun davomida 3 vazn toifasida “o‘zbekcha finallar” bo‘lishi kutilmoqda. To‘liq juftliklar bilan tanishing:

-51 kg: Asilbek Jalilov - Mahdi Parvizi (Eron)
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston)
-57 kg: Xudoynazar Fayzov - Shamil Askerov (Ozarbayjon)
-63,5 kg: Abdulloh Madaminov - Tayfur Aliyev (Ozarbayjon)
-71 kg: Bekzod Hamidov - Darhan Duisebay (Qozog‘iston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Javohir Ummataliyev
-80 kg: Rahmatilla Boymatov - Fazliddin Erkinboyev
+92 kg: Jahongir Zokirov - Bahodir Jalolov

Text to speech