28 Mart 2024 229

Abdullo Tangriyevni tabriklaymiz!

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi dzyudo boʻyicha Pekin-2008 yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sohibi, mutlaq vazn toifasida jahon chempioni, koʻp karra Osiyo oʻyinlari sovrindori va 5 karra qitʼa chempioni, shuningdek, “Shuhrat” medali, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari sohibi Abdullo Tangriyevni tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilaydi.

Text to speech