27 Mart 2024 200

Rapirachilarimiz Moskvada litsenzion turnirga tayyorlanishmoqda

Shu kunlarda qilichbozlikning rapira yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 1-aprelga qadar davom etadigan mashgʻulotlarda terma jamoaning 6 nafar sportchisi ishtirok etyapti.

Mahalliy sportchilar bilan tashkil etilgan joriy yigʻin kelasi oy BAAning Fujayra shahri mezbonlik qiladigan litsenzion turnirga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi. Qayd etish joiz, oʻzbek qilichbozlari yozgi Olimpiya oʻyinlarida aynan mazkur yoʻnalishda faqat bir bor (Atlanta-1996) qatnashgan. Rapirachilarimiz yuqoridagi natijani takrorlashni oʻz oldilariga maqsad qilib qoʻyishgan.

Text to speech