26 Mart 2024 194

Gonkong yirik hisobda tor-mor etildi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval JCh-2026 saralashining 3-bosqichi va 2027-yilgi Osiyo kubogiga yoʻl oldi. “E” guruhidan joy olgan jamoamiz 4-turda Gonkong ustidan qozonilgan gʻalabadan keyin 10 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Parallel oʻyinda Eron Turkmaniston ustidan gʻalaba qozondi va forslar hisobidagi ochkolar ham 10 taga yetdi.

Terma jamoamizga keyingi bosqichda ham mana shunday yorqin gʻalabalar tilab qolamiz. Olgʻa, Oʻzbekiston!

Text to speech