26 Mart 2024 187

Bokschi qizlarimiz Xitoyda shugʻullanishmoqda

Ayni kunlarda boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Urumchi shahrida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. 6-aprelga qadar davom etishi koʻzda tutilgan yigʻinda Qozogʻiston va Xitoy ayollar jamoalari ham ishtirok etyapti.

Ayni paytda bokschi qizlarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga 2 ta yoʻllanma qoʻlga kiritishgan. Jamoamiz may-iyun oylarida Tailandda oʻtadigan 2-jahon litsenzion turnirida yana 4 ta yoʻllanma uchun kurash olib boradi. Urumchi yigʻini Parij-2024 Olimpiadasi va Tailandda oʻtadigan musobaqaga puxta tayyorgarlik koʻrishga qaratilgan.

Text to speech