25 Mart 2024 245

Taekvondochilarimiz Rossiya va Iordaniya jamoalari bilan yig‘in o‘tkazishmoqda

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” sport bazasida tashkil etilayotgan xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etmoqda. 10-aprelga qadar davom etadigan mashgʻulotlarda Rossiya va Iordaniya terma jamoalari ham qatnashyapti.

Qayd etish joiz, har 3 jamoa ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga toʻliq tarkibda yoʻllanma olgan. Yigʻinga barcha jamoalarning Olimpiada litsenziatlari, shuningdek, boshqa vazn toifalaridagi sportchilari ham jalb etilgan.

Hozirgi mashgʻulotlarda asosan jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga koʻproq ahamiyat qaratilmoqda. Yigʻin jamoalar uchun avvalo, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari, shuningdek, may oyida oʻtadigan qitʼaviy chempionatlarga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech