25 Mart 2024 138

MOQ "Sayyoramiz soati" aksiyasida faol qatnashdi

25-mart sanasi mamlakatimiz boʻylab “Yer vaqti (kuni)” sifatida nishonlanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tashabbusi bilan ushbu kun doirasida diyorimizda “Sayyoramiz soati" aksiyasi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ham ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatladi va aksiyada faol qatnashdi. Qoʻmita rahbariyati va xodimlari 1 soat oraligʻida ofisdagi barcha elektr jihozlarini manbadan uzib, tabiatni asrashga qaratilgan mazkur tadbirga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Text to speech