23 Mart 2024 214

Uzoq tanaffusdan keyin Sharofiddin Boltaboyev shohsupaga qaytdi!

Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Boltaboyev katta tanaffusdan keyin yana shohsupaga ko’tarilmoqda. -81 kg vazn toifasida kurashayotgan polvonimiz Gruziyada o’tayotgan “Katta dubulg’a” turnirining finalida neytral maqomda kurashgan Timur Arbuzovga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo’ldi.

Qayd etish joiz, Boltaboyev so’nggi bor 3 yil muqaddam xalqaro maydonda final bosqichida kurashgan edi. Ushbu muvaffaqiyat hamyurtimizga jahon va Parij-2024 Olimpiadasi uchun 700 ochko taqdim etdi.

Text to speech