23 Mart 2024 148

Tbilisida o’rta vazn bahslariga guvoh bo’lamiz

Bugun Tbilisi shahri (Gruziya)da dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘rta vazn toifasida kechadigan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining 5 nafari bahs olib boradi. Ular musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Ruslan Xalavachou (Neytral atlet) / Abdulloh Hamad (Saudiya Arabistoni)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Xorxe Peres (Chili)
-81 kg: Nurbek Murtozoyev – Danil Zubko (Fransiya) / Teodoros Demoursidis (Gresiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Keti Yets-Braun (Buyuk Britaniya) / Ellen Froner (Braziliya)
-70 kg: Shohista Nazarova – Akulina Chayib (Livan)

Text to speech