22 Mart 2024 250

Sardor Nurillayev faoliyatida oltinchi bor “Katta dubulgʻa” musobaqasida shohsupaga koʻtarildi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sardor Nurillayev Tbilisi shahrida oʻtayotgan “Katta dubulgʻa” musobaqasida -66 kg vazn toifasining kumush medal sohibiga aylandi. Hamyurtimiz chempionlik bahsida neytral maqomda kurashgan Ivan Chernixga imkoniyatni boy berdi va musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi. Bu Nurillayevning “Katta dubulgʻa” musobaqalaridagi oltinchi medali. Shuningdek, u jahon va Parij-2024 reytingi uchun 700 ochkoga ega boʻlmoqda.

Text to speech