22 Mart 2024 219

Igor Myalin Jahon kubogining finaliga yo‘l oldi

Germaniyaning Berlin shahrida suvga sakrash bo’yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqich bellashuvlari bo’lib o’tmoqda. E’tiborlisi, unda O’zbekiston terma jamoasi a’zosi, Parij-2024 litsenziati Igor Myalin ham ishtirok etyapti.

Hamyurtimiz 10 metrli platformadan sakrash yo’nalishining saralash bosqichida 403.50 ball jamg’arib, final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Endi u ertaga medallar uchun kurash olib boradi.

Shuningdek, ushbu turnirda terma jamoamizning yana bir a’zosi Vyacheslav Kachanov ham qatnashyapti. Bugun u 3 metrli tramplindan sakrash bo’yicha saralashda o’z omadini sinab ko’radi.

Text to speech