16 Mart 2024 290

Sport faxriysi Rahmonberdi Ahmedov 80 yoshda

Bugun o‘zbek sporti rivoji yo‘lida uzoq yillar xizmat qilgan Rahmonberdi Ahmedov yubiley 80 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Bahodir Maxsitov boshchiligidagi sport faxriylari uning xonadoniga tashrif buyurib, sportimiz fidoyisini muborak yoshi bilan tabriklashdi va u kishining ko‘rsatgan uzoq yillik xizmatlarini alohida eʼtirof etishdi.

Maʼlumot uchun, Rahmonberdi Ahmedov 1944-yil 16-mart kuni dunyoga kelgan. Bolaligidan erkin kurashga mehr qo‘ygan qahramonimiz sportchilik faoliyatidan keyin uzoq yillar trenerlik qilgan. Keyinchalik O‘zbekiston va hatto Sobiq Ittifoq terma jamoalarida bosh murabbiy bo‘ldi. Shuningdek, 1994-2006-yillar Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, 2014-2015-yillar O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi lavozimida samarali mehnat qildi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun “El-yurt hurmati” ordeni va “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ham Rahmonberdi Ahmedovni qutlug‘ yoshi bilan muborakbod etib, unga uzoq umr va mustahkam salomatlik tilaydi.

Text to speech