16 Mart 2024 281

Akademik eshkak eshuvchilarimiz Bolgariya yig‘inida

Akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi shu kunlarda Bolgariyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. Plovdiv shahrida tashkil etilayotgan mashgʻulotlarga 13 nafar sportchi jalb qilingan.

Yigʻin aprel oyida Koreyada oʻtadigan qitʼaviy, shuningdek, may oyida Shveysariya mezbonlik qiladigan jahon litsenzion turnirlari oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi. Mashgʻulotlar litvalik Mikolas Masilionis va 3 nafar mahalliy murabbiylar nazoratida olib borilyapti.

Text to speech