15 Mart 2024 258

Trampolin sportida ahamiyatli natija

13-14-mart kunlari Niderlandiyaning Alkmar shahrida trampolin boʻyicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor boʻldi.

Musobaqada hamyurtimiz Mirshohid Hasanboyev kumush medalga egalik qildi. Hasanboyevning final dasturidagi chiqishi 57.095 ball bilan baholandi. Qayd etish joiz, bu mazkur sport turida Jahon kuboklarida yigitlarimiz tomonidan qoʻlga kiritilgan dastlabki medal boʻldi. Bungacha yurtdoshlarimizdan Pekin-2008 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori Yekaterina Xilko hamda Anna Savkina Jahon kubogida shohsupaga koʻtarilishgan edi.

Text to speech