15 Mart 2024 403

Bizda navbatdagi yo’llanma!

Taekvondochilarimiz Xitoyda o’tayotgan litsenzion turnirda ikkinchi yo’llanmaga ega bo’lishdi. Unga -80 kg vazn toifasida qatnashgan Jasurbek Jaysunov mualliflik qildi. Sportchimiz hal qiluvchi jangda iroqlik Saif Tohirni mag’lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, taekvondo WT bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi to’liq tarkibda Parij-2024 yo’llanmalariga ega bo’ldi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi ushbu natija bilan mamlakat taekvondo WT assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech