8 Iyun 2021 1594

Ular Tokioga borishadi: Zamonaviy beshkurashchimiz Alise Faxrutdinova

O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati Tokio-2020 litsenziatlari bilan tanishtirishda davom etadi. Bugun sizlar bilan zamonaviy beshkurash bo‘yicha Tokio-2020 litsenziati Alise Faxrutdinova haqida batafsil suhbatlashamiz.

Alise Nailevna Faxrutdinova 1990-yil 23-fevral kuni Rossiyaning Moskva shahrida tug‘ilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. 6 yoshidan beri sport bilan shug‘ullanadi. Murabbiyi Yevdokiya Grechishnikova.

2009-yil yoshlar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. 2013(yil esa estafeta yo‘nalishida bronza medali sohibi bo‘ldi. 2019-yildan O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Sportchimiz 2019-yil o‘tkazilgan jahon chempionatining final bosqichigacha yetib bordi. O‘sha yilning o‘zida noyabr oyida Xitoyda o‘tgan litsenzion musobaqadagi ishtiroki orqali Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan. Mikst-estafeta yo‘nalishida Aleksandr Savkin bilan Osiyo chempionatida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Text to speech