8 Iyun 2021 1536

Hikmatilloh To‘rayev jahon chempionatining medali uchun tatamiga chiqdi

Vengriyada o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi kun dasturi yakunlanmoqda. Hamyurtimiz Hikmatilloh To‘rayev -73 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahs olib bordi.

Xabar berganimizdek, hamyurtimiz kechki dasturda turkiyalik Bilol Chilogluga qarshi bronza medali uchun bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bellashuvda turkiyalik dzyudochi vazari bahosi evaziga ustun keldi.

Shu tariqa, yurtdoshimiz o‘z hisobiga Tokio-2020 Olimpiadasi reytingi uchun 720 ochkoni ham qo‘shib qo‘ymoqda.

Text to speech