8 Iyun 2021 1714

“Olimpik” besh karra O‘zbekiston chempioni ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Bugun “Olimpik” futbol klubi Pro-liganing 10-turi doirasida Farg‘onaning “Neftchi” klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahsda jamoamiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi taym teng kurashlar ostida kechdi va jamoalar nursiz durang bilan tanaffusga yo‘l olishdi. Ikkinchi taymda Timur Kapadze shogirdlari ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lishdi. “Olimpik” safida gollarga Abdurauf Bo‘riyev, Muhammadali G‘iyosov va Alisher Odilov mualliflik qilishdi.

Pro-liga, 10-tur
“Olimpik” – “Neftchi” 3:0
Gollar: Abdurauf Bo‘riyev 47`, Muhammadali G‘iyosov 60`, Alisher Odilov 64`

Ushbu g‘alabadan so‘ng jamoamiz ochkolari sonini 17 taga yetkazib oldi va “Buxoro” bilan 3-o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Text to speech